"Deymonlar ovozi" kitobida so‘nggi yigirma yil ichida yozilgan matnlar jamlangan. Bular alohida insholar ham, kitoblarga yozilgan so‘zboshilar ham, turli-tuman sabablar bilan o‘qilgan ma’ruza matnlari hamdir.
F. Pulman bizni o‘zining sevimli adabiyot va rangtasvir asarlari bilan, o‘qish va ijodga, umuman dunyoda va xususan Angliyadagi hozirgi ahvolga o‘z qarashlari bilan tanishtiradi. Minglab kitobxonlar sevib o‘qiydigan muallif mumtoz va ommabop san’at va adabiyot asarlarini tahlil qiladi, o‘zining "yozuvchilik oshxonasi" haqida hikoya qiladi va buni qiziqarli, zavq va hazil bilan amalga oshiradi.

