Bu kitob shaxmat murabbiylari va o‘qituvchilari uchun ham mustaqil ishlash uchun birdek ajoyib darslik, ham qimmatli uslubiy qo‘llanma hisoblanadi. Hatto ko‘pchilik mutaxassislarning fikricha, shu paytgacha bu sohada bundan yaxshirog‘i yaratilmagan. Shaxmatchilarni tayyorlash dasturi sifatida u SSSRda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, SSSR sport ustasi Viktor Golenishchev tomonidan ishlab chiqilgan.
V. Golenishchev programmalari (ushbu kitob, shuningdek, II razryad, I razryad va masterlikka nomzod programmalari) hozir ham katta metodik qimmatga ega bo‘lib, shaxmat pedagogikasida muvaffaqiyat bilan qo‘llanilmoqda. E’tiborlisi, ushbu metodika nafaqat o‘zimizning murabbiylar, balki xorijlik mutaxassislar orasida ham nihoyatda ommalashgan.
- Yumshoq muqova
- Qog‘oz rangi: Oq
- Bonusga xatcho‘p kiritish
- 209 bet.
- Kitobingizni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun savatga qo‘shing 👉
- To‘liq tavsifni o‘qing

