
Glyukozamin Xondroitin
Glyukozamin va xondroitin — bo‘g‘im tog‘aylarining tabiiy tarkibiy qismlaridir.
Ular kollagen va tog‘ay hamda bo‘g‘imlarning elastikligi va tashqi ta’sirlarga chidamliligini saqlash uchun zarur bo‘lgan moddalar sintezini qo‘llab-quvvatlaydi. Bo‘g‘imlarda kalsiyning to‘planishini me’yorlashtirishga va osteoporoz rivojlanishi xavfini kamaytirishga yordam beradi.
- Tog‘ay to‘qimalarining tiklanish jarayonlarini rag‘batlantirishga va tog‘ay to‘qimasini yemiruvchi fermentlar faolligini kamaytirishga yordam beradi.
- Antioksidant xususiyatlarga ega bo‘lib, qarish jarayonlarini sekinlashtirishga ko‘maklashadi.
- O‘rtacha yallig‘lanishga qarshi va og‘riqni kamaytiruvchi ta’sir ko‘rsatishga yordam beradi.
- Yallig‘lanish jarayonining kuchayishini va og‘riq hissini kamaytirishga, bo‘g‘imlar hamda umurtqa pog‘onasi harakatchanligini yaxshilashga yordam beradi.
- Nosteroid yallig‘lanishga qarshi dorilar (NYaQD) va glyukokortikosteroidlar (GKS)dan foydalanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga yordam beradi.
- Bo‘g‘im tog‘ayining sinovial suyuqligi tarkibidagi asosiy komponent — gialuron kislotasi sintezini rag‘batlantiradi. Bo‘g‘imlarning sirpanishini ta’minlash va mexanik yuklamani kamaytirish orqali ularning harakatchanligini yaxshilashga yordam beradi.
BFQ (biologik faol qo‘shimcha). Dori vositasi hisoblanmaydi.