Kitob 2017-yilda «64 - Shaxmat sharhi» (64 - Шахматное обозрение) jurnalida chop etilgan tanlangan materiallar asosida tuzilgan. Unda Vladimir Kramnik, Vishy Anand, Levon Aronyan, Shaxriyar Mamedyarov, Hikaru Nakamura, Uesli So, Din Lijen, Pyotr Svidler, Aleksandr Grishuk, Yan Nepomnyashiy, Dmitriy Yakovenko, Nikita Vityugov, Radoslav Voytashek, Teymur Rajabov, Vladimir Fedoseyev, Maksim Matlakov, Daniil Dubov, Vladislav Artemyev, Evgeniy Nayer, Emil Sutovskiy va boshqa top-grossmeysterlar o‘zlarining eng yaxshi partiyalarini sharhlaydilar.
To‘plamdan eng muhim musobaqalarning sharhlari o‘rin olgan: Garri Kasparov ishtirokidagi Sent-Luis superturniri, Yevropa va jahon jamoaviy chempionatlari, Tbilisidagi Jahon kubogi, Tehrondagi ayollar o‘rtasidagi shaxsiy jahon chempionati, FIDE Gran-pri bosqichlari, Veyk-an-Zee, Syurix, Shamkir, Poykovskiy, Stavanger, London va boshqa shaharlardagi an’anaviy turnirlar.

