Oziq-ovqatda kaltsiyning yetarli darajada bo‘lmasligi organizmda ushbu mikroelement yetishmasligiga va natijada osteoporoz, kariyes va boshqa turli suyak hamda tish kasalliklarining rivojlanishiga olib kelishi mumkin.Tez-tez va uzoq davom etadigan talvasalar jiddiy kaltsiy yetishmovchiligi belgisi bo‘lishi va darhol shifokor maslahatini talab qilishi mumkin..g shakllanishi va mustahkamlanishidagi muhim roli hisoblanadi. Bu mikroelement suyak to‘qimasining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, uning mustahkamligi va barqarorligini ta’minlaydi.
Oziq-ovqatda kaltsiyning yetarli darajada bo‘lmasligi organizmda ushbu mikroelement yetishmasligiga va natijada osteoporoz, kariyes va boshqa turli suyak hamda tish kasalliklarining rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Kaltsiy mushaklar va asab tizimining faoliyatida ham muhim rol o‘ynaydi. U nerv impulslarining uzatilishida ishtirok etadi va mushaklarning, shu jumladan, yurak mushaklarining qisqarishini tartibga soladi. Organizmda kaltsiy yetishmasligining eng ko‘p uchraydigan belgilaridan biri mushaklarning spazmi yoki tortilishi hisoblanadi. Tez-tez va uzoq davom etadigan talvasalar jiddiy kaltsiy yetishmovchiligi belgisi bo‘lishi va darhol shifokor maslahatini talab qilishi mumkin..
Kaltsiy yurak-qon tomir tizimini himoya qilishda ham foydali bo‘lishi mumkin. U yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishining asosiy xavf omillaridan biri bo‘lgan qondagi xolesterin darajasini kamaytirishga yordam beradi.
Reklama obyekti dori vositasi hisoblanmaydi

