Mazkur kitob muallifning ushbu sohada deyarli 40 yildan beri olib borayotgan tadqiqotlariga asoslangan navbatdagi ilmiy asaridir
Unda millat tushunchasi, uni shakllantiruvchi omillar, turli yondashuvlarga munosabat, shaxs va millat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, globallashuv jarayonlarining kuchayishi sharoitida millatga tahdid soluvchi omillar, jahon begonalashuvi millat hayotida qanday namoyon bo‘lishi, millatni saqlash mas’uliyatining mohiyati va ma’nosi, uning kelib chiqish sabablari, milliy va texnogen ong o‘rtasidagi bog‘liqlik, ular orasidagi nomuvofiqlik muammolari, shuningdek, millatni himoya qilishda mafkuraviy va ma’naviy omillar bo‘yicha muallifning ilmiy qarashlari va xulosalari bayon etilgan
Alohida e’tibor millatni saqlab qolish mas’uliyatini umummilliy g‘oya darajasiga ko‘tarish va uning real imkoniyatlarini baholash zarurligiga qaratilgan
Kitob mutaxassislar, targ‘ibotchilar, talabalar, doktorantlar, shuningdek, XXI asrda millatga nisbatan kuchayib borayotgan nazariy va amaliy tahdidlar hamda millatni saqlashdagi milliy-ma’naviy omillar roli bilan qiziqadigan keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan

