Diqqat qiling!
Ma'lumot faqat tanishish uchun berilgan va o'z-o'zini davolash uchun qo'llanma sifatida ishlatilmasligi kerak. Faqat shifokor dori buyurish, dozalari va qo'llash usullarini belgilashi mumkin.
Glitsin "Biokor" В1 va В6 vitaminlari bilan - asab tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsulot.
Glitsin - aminokislota bo‘lib, molekulasining oddiy tuzilishi tufayli organizm tomonidan turli xil oqsillarni yaratishda faol ishlatiladi. Glitsin modda almashinuvini tartibga soladi, markaziy asab tizimida himoyalovchi tormozlanish jarayonlarini normallashtiradi va faollashtiradi, psixoemotsional zo‘riqishni kamaytiradi. Glitsin organizmga glutation ishlab chiqarishga yordam beradi, bu muhim antioksidant bo‘lib, tanani hujayralarning shikastlanishidan himoya qiladi. Glitsin kognitiv funktsiyalar va xotirani yaxshilash uchun zarur: u xotira va o‘qish uchun muhim bo‘lgan miyaning gippokamp sohasida faoldir.
В1 vitamini - suvda eruvchan vitamin, glyukoza metabolizmida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu vitamin organizm hujayralariga uglevodlarni energiyaga aylantirishga yordam beradi, asab impulьslarining o‘tkazilishini yaxshilaydi, asablar, mushaklar va yurak sog‘lig‘ini saqlashda muhim rol o‘ynaydi.
В6 vitamini - oqsillar va to‘yinmagan yog‘ kislotalari almashinuvini yaxshilaydi, asab tizimining normal faoliyati uchun zarur.
Kattalarga ovqat paytida kuniga 1 tabletkadan 2 marta til ostida eritib iste'mol qilish, B1 va B6 vitaminlari, glitsin manbai sifatida biologik faol qo'shimcha sifatida.
Qabul qilish davomiyligi: 1 oy.
• Stressga chidamlilik va ish qobiliyatini oshirish
• Emotsional va psixologik holatni yaxshilash
• Aqliy faollikni rag'batlantirish
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar:
Mahsulot tarkibiy qismlariga individual intolerans, homiladorlik, emizish davri. Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Quruq joyda, + 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlang.
Yaroqlilik muddati qadoqida ko'rsatilgan.

