2 tasi 1 da soch tarog‘i — gimnastikachilar, raqqosalar va balet bilan shug‘ullanuvchilar uchun chiroyli, silliq va tartibli soch turmagini yaratishga yordam beradigan qulay aksessuar.
Taroq ikki xil vazifani bajaradi: yumshoq cho‘tkasi sochlarni tekislash va mayda soch tolalarini tartibga keltirishga yordam beradi, zich tishlari esa sochlarni tarash uchun mo‘ljallangan. Uzun va ingichka uchli qismi sochlarni aniq ajratish va probor qilish uchun qulay.

