Koʻngilni larzaga soladigan ta’sirli hikoya! Ba’zi kitoblar oʻqiladi, ba’zilari esa qalbda yashab qoladi… “Gilos daraxti bilan oramizdagi masofa” — dunyoni koʻzlari bilan emas, yuragi va hidlar orqali his qilishni oʻrgangan qizaloq Mafaldaning ta’sirli hikoyasi. 🤍 U minglab insonlardan birida uchraydigan koʻz kasalligiga chalingan. Har kuni koʻzidagi qora dogʻ kattalashib borayotganini, bir kun kelib butunlay qorongʻilikda qolishini biladi. Ammo taslim boʻlmaydi. 🍂 Mafalda atrofidagi odamlarni, daraxtlarni, hayotni va muhabbatni boshqacha his qilishni oʻrganadi. Uning samimiy kechinmalari sizni kuldiradi, oʻylantiradi va koʻzlaringizga yosh keltiradi. 📖 “Gilos daraxti bilan oramizdagi masofa”

