Gialuron kislotasining asosiy xususiyati – himoya qatlam hosil qilib, namlikni yo‘qotilishidan saqlashidir. Shu orqali terini namlaydi va yuz konturini mustahkamlaydi. Quyosh nurlarining zararli ta’sirini kamaytirib, fotokeksayish va ajinlar paydo bo‘lishining oldini oladi.
U sinovial suyuqlikning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, bo‘g‘imlarning harakatliligi va sirpanishini ta’minlaydi. Xaftaga va bo‘g‘imlarni yemirilishdan himoya qiladi, jarohatlardan keyingi tiklanishni tezlashtiradi.
Shuningdek, ko‘zning shishasimon tanasi tarkibiga kiradi va ko‘z qurishini kamaytiradi.
Yosh o‘tishi yoki salbiy omillar ta’sirida gialuron kislotasi miqdori kamayishi mumkin. Qo‘shimcha qabul qilish teri, xaftaga va bo‘g‘imlar salomatligini saqlashga yordam beradi. «Ushbu mahsulot dori vositasi emas»

