Savdo belgisi:
Gerliv®
№: TI25476850-003:2021
Chiqarilish shakli: Kapsula №40 , кapsulalar ichakda eruvchan, jelatin tarkibli, qattiq, va o`lchami № 00. Kapsulaning tarkibi: Jelatin – 75.44 mg rang beruvchilarsiz, “Halol” sertifikatiga ega.
Tarkibi: 1 kapsuladagi faol moddalar – yapon saforasi ekstrakti 200 mg, glisirrizin kislotasi 5 mg, angelika ekstrakti 200 mg. Yordamchi moddalar: kraxmal, mkts, kalsiy stearat.
Farmakologik xususiyatlari: Gerliv®- tarkibida bir-biriga nisbatan sinergik ta’sir ko’rsatuvchi o’simlik ekstraktlarini saqlaydi. Farmakologik xususiyatlari tarkibidagi ekstraktlar faolligi bilan namoyon bo’ladi.
Yapon saforasi ekstrakti (sophora japonica) – yapon saforasi - rutinning tabiiy manbai (P vitamini), bundan tashqari uning tarkibida oksimatrin, flavonoidlardan soforaflavosid, sofora-biosid, soforakozid, kemferol moddalari mavjud bo’lib, shu sababli yapon saforasi ekstrakti kuchli antioksidantlik va gepatoprotektorlik xususiyatlarini namoyon qiladi. Xalq tabobatida "yumshoq notanish lekin hamma uchun foydali" – kabi aforizmlar bilan mashhur. Yapon sophorasining shifobaxsh xususiyatlari qadimdan ma’lum va asrlar davomida ko'plab kasalliklarning, birinchi navbatda, jigar va yurak qon-tomir kasalliklarining oldini olish hamda davolash uchun muvaffaqiyatli qo’llanilib kelinmoqda. Inson organizmi P vitaminini (rutin) sintez qilishga qodir emas va organizmdagi muhim biokimyoviy jarayonlar normal ishlashi uchun P vitamini tashqaridan qabul qilinishi kerak. Yapon saforasi jigar hujayralarini zaharli moddalardan tozalaydi, qon tomirlarining, shu jumladan miya kapillyar tomirlarining mo'rtlashishi va yorilish ehtimolini kamaytiradi, ularning elastikligini ta’minlaydi, qon tomirlarining devorlarini mustahkamlaydi. Jigarda yog’lar almashinuvini tartibga soladi va ateroskleroz rivojlanishi xavfini kamaytiradi.
Glisirrizin kislotasi – qizilmiya ekstraktidan ajratib olinuvchi biologik faol modda. Eksperimental tadqiqotlar davomida glisirrizin kislotasining yallig'lanishga qarshi, antioksidant va anti-fibrogen (jigar fibroziga qarshi) ta'sirga ega ekanligi isbotlangan. Jigar kasalliklarida glisirrizin kislotasi jigar hujayralarini shikastlovchi omillarga bevosita ta'sir qiladi, shikastlangan to'qimalarning tiklanishini yaxshilaydi, shuningdek, jigar to’qimalari degeneratsiyasini (fibroz rivojlanishini) oldini oladi. Alkogolsiz yog’li gepatozli bemorlarda kasallik og'irligini sezilarli darajada kamaytirishi aniqlangan. Klinik jihatdan bu alanin aminotransferaza (ALT) va aspartat aminotransferaza (AST) darajasining pasayishi bilan namoyon bo'ladi. Alkogolli jigar kasalligi bo'lgan bemorlarda ham glisirrizin kislotasi foydali ta'siri aniqlangan. Buni 800 dan ortiq bemor ishtirok etgan 12 ta klinik tadqiqot ma'lumotlari tasdiqlaydi.
Angelika ekstrakti (herbae angelicae archangelicae) – anjelika xalq orasida "ayollar jensheni" deb ataladi. Tarkibida E vitamini va muhim yog' kislotalarini saqlaydi. Organizmda kuchli antioksidantlik xususiyatlarini namoyon qiladi, prostaglandinlar miqdorini muvozanatga soladi va yallig’lanishga qarshi ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, anjelika suyak hujayralarining parchalanishi va osteoporoz rivojlanishining oldini oladi, spazmolitik va yengil sedativ ta'sirga ega. Oshqozon-ichak trakti holatiga va ovqat hazm qilish jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek anjelika gematopoezni (qon hosil bo’lishini) stimullaydi, periferik qon aylanishini yaxshilaydi. Tarkibidagi ferul kislotasi va ligustilid moddalari qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, qonning quyuqligini kamaytiradi. Yallig'lanishga qarshi va va yumshoq diuretik xususiyatga ega. Anjelika engil sedativ va tinchlantiruvchi ta'siriga ega, asabiylashish va hissiy beqarorlikni yengillashtiradi. Bundan tashqari, anjelikaning biologik faol moddalari antiaritmik, antitrombotik va gipotenziv ta'sirlarga ham ega.
Qo’llashga ko’rsatmalar
• Jigarning toksik shikastlanishi, surunkali gepatit, (kompleks terapiyaning bir qismi sifatida), turli gepatitlardan keyin;
• Gipokinetik turdagi o’t yo’llari diskineziyasi;
• Surunkali toshsiz xoletsistit;
• Jigar sirrozi (kompleks terapiyaning bir qismi sifatida);
• Surunkali gepatitlarda (kompleks terapiyaning bir qismi sifatida);
• Surunkali intoksikatsiyalarda (shu jumladan professional), giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarni uzoq muddat iste’mol qilish oqibatida yuzaga keladigan zaharlanishlarni oldini olish maqsadida.
Qabul qilish tartibi: Kattalarga 1-2 kapsuladan 3 mahal ovqatdan 15-20 minut oldin buyuriladi. Davolash kursi 1-3 oy. 12 yoshdan oshgan bolalarga 1- kapsuladan 3 mahal ovqatdan oldin buyuriladi. Davolash kursi 2-4 hafta. Takroriy muolaja kurslarini shifokor individual ravishda belgilaydi.
Qo`llashga qarshi ko`rsatmalar: o't yo'llarining obstruktsiyasi; buyraklar, o't va siydik yo'llarining o'tkir kasalliklari;12 yoshgacha bo'lgan bolalar; preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
Nojuya ta’sirlari: Juda kamdan-kam xollarda: oshqozon-ichak traktiga vaqtinchalik yuzaga keluvchi salbiy xolatlar (yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llanilganda diareya rivojlanishi), allergik reaktsiyalar.
Berilish tartibi: shifokor retseptisiz.
Ishlab chiqaruvchi: MCHJ “Bio Time” ekskluziv «DDM» kompaniyasi uchun. O`zbekistonda ishlab chiqarilgan.

