Ushbu to‘plamni tuzishda umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan darsliklar hamda o‘quv atlaslaridan foydalanildi. Ikki qismdan iborat ushbu variantlar to‘plami sizga oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirishga yordam beradi va geografiya bo‘yicha bilimlaringizni mustahkamlaydi.

