Ushbu qo‘llanma geografiya fanini tizimli ravishda o‘rganish va o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash uchun mo‘ljallangan. Kitobning 1-qismi 5-, 6- va 7-sinf geografiya darsliklari asosida tayyorlangan bo‘lib, o‘quvchi uchun zarur bo‘lgan muhim ma’lumotlar, asosiy tushunchalar, savol-javoblar va mavzularni takrorlashga yordam beruvchi materiallarni o‘z ichiga oladi.
Qo‘llanma mavzularni izchil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni tez topish va imtihon oldidan bilimlarni takrorlash imkonini beradi. Undan maktab o‘quvchilari, abituriyentlar, geografiya fani o‘qituvchilari hamda geografiyaga qiziqadigan kitobxonlar foydalanishlari mumkin. Kitob mustaqil tayyorgarlik uchun ham, dars jarayonida qo‘shimcha manba sifatida ham qulay.

