Mazkur qo‘llanma maktab darsliklari asosida mavzulashtirilgan tarzda tuzilgan. Bir nechta o‘zaro bog‘liq mavzular jamlanib, bir mavzu ostiga birlashtirilgan. To‘plamni tuzishda umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan darsliklardan, qo‘shimcha ravishda 5 - 9-sinf atlaslaridan va amaliy mashg‘ulotlardan ham foydalanilgan. Kitob maktab va litsey o‘quvchilari, abituriyentlar hamda keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.

