«Geografiya qasosi» — geosiyosat hamda davlatlarning geografik joylashuvi ularning tarixi, siyosati, iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlariga qanday ta’sir qilishini tushuntiruvchi ilmiy-ommabop kitob. Robert D. Kaplan tog‘lar, daryolar, dengizlar, iqlim va tabiiy chegaralar davlatlar taqdirida nima uchun hanuz muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi.
Muallif Yevropa, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Yaqin Sharq va boshqa hududlardagi tarixiy nizolar hamda zamonaviy qarama-qarshiliklarni ko‘rib chiqib, ularni mamlakatlarning hududi va geografik joylashuvi bilan bog‘laydi.
Kitob dunyo xaritasiga yangicha nazar bilan qarashga, xalqaro nizolar, siyosiy qarorlar va davlatlarning ta’sir uchun kurashi sabablarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

