Qo'lingizdagi mazkur to'plamni tuzishda umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o'qitilayotgan darsliklardan, shuningdek, o'quv atlaslaridan ham foydalanilgan. Ikki qismdan iborat mazkur yangi variantlar to'plami oliy o'quv yurtlariga kirish imtihonlarida muvaffaqiyatga erishishingizda, geografiya fanidan bilimlaringizni mustahkamlashda katta yordam beradi.

