«Geografik kashfiyotlar» — dunyoni o‘zgartirgan buyuk sayohatlar, tadqiqotchilar va geografik kashfiyotlar haqida qiziqarli ensiklopediya. Kitobda yangi yerlarni ochgan jasur dengizchilar, mashhur sayohatchilar va insoniyat tarixidagi eng muhim ekspeditsiyalar haqida hikoya qilinadi.
O‘quvchi qadimgi davrlardan boshlab XVIII–XX asrlardagi buyuk ekspeditsiyalargacha bo‘lgan geografiya tarixini o‘rganadi. Amerika kashfiyoti, okeanlarni tadqiq qilish, qutblarga uyushtirilgan safarlar, mashhur sayohatchilar va yangi yo‘llarning ochilishi haqida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ladi.
Rang-barang rasmlar va tushunarli bayon kitobni bolalar uchun yanada qiziqarli qiladi. Ushbu ensiklopediya bolaning dunyoqarashini kengaytiradi, tarix, geografiya va buyuk kashfiyotlarga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
Mundarija:
Sivilizatsiya markazlaridan qit’alargacha
- Qadimgi geografik kashfiyotlar
- Geografiya va tarix otasi
- Shimoliy Yevropa bo‘ylab sayohatlar
- O‘rta yer dengizi hukmdorlari
- O‘rta asrlardagi dunyo xaritasi
- Islandiyaning kashf etilishi
- Grenlandiyadagi vikinglar
- Marko Poloning sayohatlari
- G‘arb va Sharqni bog‘lagan yo‘l
- Buyuk marokashlik sayohatchi
- Afsonaviy orollarni o‘rganish
Buyuk geografik kashfiyotlar
- Kolumb sayohatidan 20 yil oldingi voqealar
- Hindiston deb qabul qilingan Amerika
- Hindistonga yangi dengiz yo‘li
- Nyufaundlend orolini o‘rganish
- Nega Kolumbiya emas, Amerika?
- Yerning dumaloq ekanligi isbotlanishi
- Meksikani zabt etish
- Inklar imperiyasining qulashi
- Qaroqchi Dreyk sarguzashtlari
- Yangi qit’aning kashf etilishi
- Shimoliy Amerika uchun kurash
XVIII–XIX asrlarda dunyoni kezgan sayohatchilar
- G‘arbiy Yevropa sayohatchilari
- Jeyms Kuk sayohatlari
- Aleksandr Gumboldt
- Yo‘qolgan ekspeditsiyalar
- Devid Livingstonning Afrikani o‘rganishi
- Vitus Bering tadqiqotlari
- Ivan Fyodorovich Kruzenshtern sayohati
- Tyanshanni o‘rganish
- Markaziy Osiyo tadqiqotlari
- Antarktidaning kashf etilishi
Qutblarga bo‘lgan e’tiborning kuchayishi
- Shimoli-g‘arbiy yo‘lning ochilishi
- Shimoli-sharqiy yo‘lning ochilishi
- Fritof Nansen kashfiyotlari
- Shimoliy qutb uchun kurash
- Shimoliy qutbni kim kashf qilgan?
- Georgiy Sedovning Shimoliy qutb ekspeditsiyasi
- Janubiy qutbning kashf etilishi