ProctoStop — oʻsimlik ekstraktlari, tabiiy oʻsimlik va hayvon yogʻlari asosidagi biologik faol qoʻshimcha. Gemorroyda (bavosilda) qoʻshimcha vosita sifatida tavsiya etiladi.
TOʻPLAM IKKI QISMDAN IBORAT
Toʻplam ichki va tashqi qoʻllashni birlashtiradi:
- Rektal shamchalar — 10 dona. Kechqurun qoʻyiladi.
- Fitochoy, filtr-paket 2,0 g — 10 dona. Kuniga bir mahal damlab ichiladi.
SHAMCHA TARKIBI (1 dona)
- Kokos moyi — 1200 mg
- Tuya oʻrkachi yogʻi — 350 mg
- Kakao moyi — 250 mg
- Gʻoz yogʻi — 200 mg
- Moychechak ekstrakti — 180 mg
- Zaytun moyi — 80 mg
- Ketmonchoʻp (koraxiza) ekstrakti — 50 mg
- Yalpiz ekstrakti — 30 mg
FITOCHOY TARKIBI (1 filtr-paket)
- Toron — 500 mg
- Qizilmiya — 400 mg
- Sano bargi — 250 mg
- Boʻymadaron — 200 mg
- Anis — 120 mg
- Kichitqi oʻti — 100 mg
- Arpabodiyon — 80 mg
QOʻLLASH USULI
Shamchalar: kuniga 1 marta, kechqurun hojatxonadan keyin orqa chiqaruv teshigiga qoʻyiladi. Qabul qilish davri — 1–3 oy.
Fitochoy: 1 filtr-paket 200 ml (1 stakan) qaynoq suvga solinadi, 15 daqiqa damlanadi. Kuniga 1 mahal, ovqat vaqtida ichiladi. Qabul qilish davri — 1–3 oy.
CHEKLOVLAR
Tarkibiy qismlarga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va emizish davrida, shuningdek surunkali kasalliklar mavjud boʻlganda qoʻllashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing.
SAQLASH SHAROITI
Quruq, salqin, quyosh nuridan himoyalangan joyda, +15 °C dan yuqori boʻlmagan haroratda. Bolalar ololmaydigan joyda saqlang.
Yaroqlilik muddati oʻramda koʻrsatilgan.
Retseptsiz beriladi.
ISHLAB CHIQARUVCHI
«Coral Pharm» MChJ, «SHIFODOR» MChJ buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan. Oʻzbekiston Respublikasi.
Dori vositasi emas.

