GELTEK Sezgir bosh terisi uchun sulfatsiz shampun 100 ml
Tavsif
Shampunning yumshoq formulasi tarkibida sulfatli sirt-faol moddalar mavjud emas. U soch va bosh terisini barcha turdagi ifloslanishlardan samarali tozalaydi, ularni quritmaydi. Kundalik foydalanish hamda bo‘yalgan sochlar uchun mos bo‘lib, soch rangining uzoq vaqt saqlanishiga yordam beradi.
Faol komponentlar sochlarga kuch va tabiiy yorqinlikni qaytaradi. Ginkgo biloba ekstrakti mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi va soch follikulalarining oziqlanishini ta’minlaydi. Suli ekstrakti va sorbitol sochni tiklaydi va namlaydi, bosh terisining namlik yo‘qotishining oldini oladi. Aminokislotalar almashinuv jarayonlarini me’yorlashtiradi, elastin va kollagen sintezini rag‘batlantiradi hamda sochlarga elastiklik baxsh etadi.
Mahsulotning suyuq konsistensiyasi uni soch bo‘ylab oson va bir tekis taqsimlash imkonini beradi.

