• Turi: Gaz reduktori
• Model: KME Mustang 8S
• Qo‘llanishi: LPG
• Maksimal quvvat: 147 kW / 200 HP
• Mos dvigatellar: DI, Turbo, Valvetronic
• Material: Alyuminiy + issiqlikka chidamli plastik/karbon
• Brend: KME
• Ishlab chiqarilgan mamlakat: Polsha
KME Mustang 8S — propan-butan (LPG) tizimlari uchun mo‘ljallangan innovatsion gaz reduktoridir. Ixcham o‘lchamiga qaramay, u 200 HP gacha bo‘lgan dvigatellarni gaz bilan samarali ta’minlay oladi va yuqori unumdorlikni saqlab qoladi.
Ushbu model KME liniyasidagi dinamik bosim boshqaruviga ega birinchi reduktorlaridan biri hisoblanadi. Ishchi bosim bo‘sh holatda taxminan 0.9 barda bo‘ladi va dvigatel yuklamasi oshgani sari bosim ham bir tekis ortadi. Bu esa gaz форсunkalarining ish diapazonini kengaytiradi va gaz tizimining maksimal unumdorligini ta’minlaydi.
Reduktor korpusi mustahkam, issiqlikka chidamli karbon material va alyuminiy qotishmadan tayyorlangan. Maxsus reduksion klapan konstruksiyasi va yupqa devorli issiqlik almashinuvi tizimi gazning bir tekis bug‘lanishi va taqsimlanishini ta’minlaydi, shuningdek CUTOFF rejimida ortiqcha bosim tashlanishi muammosini kamaytiradi.
Isitish va bug‘lanish kameralari bir-biridan ajratilgan bo‘lib, bu gazning sovutish tizimiga tushib ketishini istisno qiladi. KME Mustang 8S ayniqsa zamonaviy DI, Turbo va Valvetronic dvigatellar uchun juda qulay yechimdir.

