Artel Apetito 01-G CHU GP gaz plitasi mazali va xilma-xil taomlar tayyorlash uchun ishonchli yordamchidir. To‘rtta gaz gorelkasi bilan jihozlangan bo‘lib, ular turli o‘lchamdagi idishlarda ovqat pishirish qulayligini ta’minlaydi. Mustahkam cho‘yan panjaralar qozon va tovalarning barqarorligini kafolatlaydi, emallangan qoplama esa plitani parvarish qilishni osonlashtiradi.
Sig‘imli gaz duxovkasi go‘shtli, baliqli va sabzavotli taomlar, pishiriqlar tayyorlash imkonini beradi. O‘rnatilgan termometr pishirish jarayonini aniq nazorat qilishga yordam beradi. Qulay mexanik pereklyuchatellar oson va intuitiv boshqarishni ta’minlaydi.
Model beshta zamonaviy rang variantida taqdim etilgan: oq, jigarrang, kulrang, qizil va klassik qora xira - siz oshxonangiz intereriga mukammal mos keladigan plitani tanlashingiz mumkin.

