Kitob xaqida
Ronda Bernning «Hayotning buyuk siri» va «Kuch», Jo Vitalening «Baxt sari to‘rt qadam» kitoblarini o‘qib hayratlangan bo‘lsangiz, bilingki, bu kitob aynan siz uchun. Chunki Jon Kexo bu kitobida yuqorida keltirilgan taniqli mualliflarning g‘oyalarini tushunarli tilda ifodalay olgan.
Inson miyasining ishlash mexanizmlarini sivilizatsiyadan yiroqda o‘rganish va tushunish uchun 1975 yilda Jon Kexo o‘rmonga ketadi va uch yil davomida o‘sha yerda yashaydi. Turli-tuman ilmiy va ma’naviy manbalardan axborotlar to‘plab, shuningdek, shaxsiy kuzatuvlari va tajribasiga tayanib, Kexo miya qudratini rivojlantirishga oid o‘zining dastlabki sodda va juda muvaffaqiyatli dasturini ishlab chiqdi. 1978 yilda, ishlab chiqilgan tamoyillar asosida odamlarga ta’lim bera boshladi va 1980 yildayoq uning ma’ruzalari butun dunyoda keng muvaffaqiyat qozondi.
Keyingi yigirma yilni Kexo ta’lim berish bilan o‘tkazdi. Hozirda u rafiqasi bilan Tinch okeanning shimoli-g‘arbiy sohilida yashaydi, kitoblar chop etish va ma’ruzalar qilish bilan shug‘ullanadi.
O‘ylaymizki, qo‘lingizdagi kitob sizga manzur bo‘ladi.
Rus tilidan Aloviddin Sadritdinov tarjimasi

