Gayle Forman qalamiga mansub “Agar yashasam” romani markazida 17 yoshli Mia Holl ismli qiz turadi. Bir kuni oilasi bilan yo‘lga chiqqan Mia dahshatli avtohalokatga uchraydi va komaga tushadi.
Shu paytdan boshlab u hayot bilan o‘lim orasidagi nozik chegarada turib, o‘z taqdiri haqida qaror qabul qilishga majbur bo‘ladi.
🌪 Muallif yo‘qotish azobi, umid va yashash uchun sabab topish kabi chuqur mavzularni ta’sirli tarzda yoritadi. Umid qilamizki, asar o‘quvchini hayotning qadrini anglash, yaqin insonlarni qadrlash va har bir lahzaning qiymatini his etishga undaydi.

