Boshcha ushlagichi rezbali birikmalar bilan ishlash uchun ichki olti burchakli ushlagichga ega bo‘lib, udar bitlarni ishlatishga va hatto konstruksion samorezlar bilan ishlashga imkon beradi.
Uch tezlikli to‘liq metall reduktor va silliq elektron tezlik sozlashi turli o‘lchamdagi mahkamlash elementlari bilan ishlash uchun optimal rejimni tanlash imkonini beradi.
Yorqin LED yoritgich kam yoritilgan joylarda ishlashga qulaylik yaratadi.
Afzalliklari:
● Yuqori samaradorlikka ega kuchli bеshcho‘tkali dvigatel
● Katta o‘lchamli mahkamlash va rezbali birikmalar bilan ishlash uchun tangensial udar mexanizmi
● Uch tezlikli to‘liq metall reduktor
● Silliq elektron tezlik sozlashi
● Ortiqcha yuklanishdan himoya
● Revers
● Yorqin LED yoritgich
● Ergonomik, rezina qoplamali anatomik tutqich
● “2v1” noyob patron — ichki olti burchak ¼'' udar bitlar uchun va kvadrat ½'' boshchalar uchun
● ReverseAutomaticStop funksiyasi — revers rejimida yuklama kamayganda zarba va aylanishni avtomatik o‘chirish
● Reduktor korpusida issiqlikdan himoya qoplamasi
Qo‘llanilishi:
Rezbali birikmalar va mahkamlash elementlarini burash/bo‘shatish uchun.
Komplektatsiya:
Gaykovyort, jomadon, boshchalar to‘plami, metall ilmoq, 2 dona 2 A·ch akkumuliyator, zaryadlovchi qurilma, foydalanish qo‘llanmasi.

