Akkumulyatorli gaykavert professional ustalar va uy sharoitida foydalanish uchun mo‘ljallangan kuchli va ishonchli asbobdir. 1000 N·m gacha bo‘lgan yuqori aylanish momenti tufayli qattiq siqilgan bolt va gaykalarni ham osonlik bilan burash va bo‘shatish mumkin.
Asbob 3500 daqiqa/zarba (udar) tezligiga ega bo‘lib, zarbali mexanizm ish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi va ishlash vaqtida kuch sarfini kamaytiradi. Baquvvat konstruktsiyasi va mustahkam korpusi uzoq muddatli va intensiv ishlarga mos keladi.
Qorong‘i joylarda qulay ishlash uchun o‘rnatilgan fonar mavjud. Komplektida 2 dona Li-ion akkumulyator bo‘lib, ular yengil, uzoq xizmat qiladi va “xotira effekti”siz barqaror quvvat beradi. Akkumulyatorlar tez zaryadlanadi va uzoq vaqt ishlashni ta’minlaydi.
Gaykavert qulay va mustahkam keysda yetkazib beriladi, bu esa uni tashish va saqlashni osonlashtiradi. Ushbu model avtomobil ta’miri, montaj va qurilish ishlari uchun a’lo tanlov hisoblanadi.

