📌 Kitob nomi: G'aroyib bolalar, Aziz Nesin
📌 Muqova: Yumshoq
📌 Chop etilgan yili: 2019
📌 Sahifalar soni: 192
📌 Qisqacha mazmun:
Aziz Nesin XX asr taraqqiyparvar turk adabiyotining peshqadam vakillaridan biridir.
Aziz Nesin asarlarining qahramonlari turli yosh vakillaridir. Adib qahramoni qaysi yoshda bo‘lishidan qat’i nazar, uning holatini, ichki kechinmalarini, orzu-armonlari va xayollarini bor bo‘y-basti bilan, ro‘y-rost va ishonarli tarzda mohirona tasvirlaydi. Turk hajvchisi Aziz Nesinning ushbu romani ikki shaharda yashovchi sobiq sinfdoshlar Zaynab va Ahmadning bir-biriga yozgan maktublaridan iborat. Hajv va bolalarcha nigoh orqali katta odamlar dunyosining illatlari ochib berilgan.
Roman avval sinfdosh bo‘lgan, keyin ulardan biri boshqa shaharga ko‘chib ketgan o‘n yoshli Zaynab va Ahmadning bir-biriga yozishmalari asosiga qurilgan. Yosh bola nigohi orqali kattalarning nojo‘ya xatti-harakatlari, o‘zaro munosabatlaridagi yolg‘on, munofiqlik va soxtaliklarga qanchalik haqqoniy baho berilishi, ularning barchasiga ich-ichidan qarshi isyon ko‘tarishi hayotiy voqealar asosida ifoda etiladi.
📌 Kitobni yo‘qotmaslik uchun savatchaga qo‘shing! 🛒

