Kishilar ko‘ngliga xush yoquvchi she’rlar yozish mashaqqatli hunardir. Bolalarga atab she’r yozish esa, undan-da qiyinroq. Negaki, ijodkor bola qalbiga so‘zlar ila singib kirishi uchun o‘zi ham bolaga aylanmog‘i, o‘z yozuvlariga bola misol qaramog‘i lozim bo‘ladi.
Ushbu to‘plamda mahoratli ijodkor Abdurahmon Akbar qalamiga mansub bolalarbop bir qator qiziqarli, yorqin she’rlar jamlangan bo‘lib, ular jajji kitobxonlarni befarq qoldirmasligiga ishonamiz!
Kitobning ikkinchi qismidagi she’r yozish san’atiga doir bolalar uchun keltirilgan qo‘llanma esa, yosh havaskor shoirlar uchun haqiqiy ijod maktabi bo‘la oladi, degan umiddamiz!

