• Gari Keller, Jey Papasan: Yagona narsa
Pochta markasi kabi bo‘l, manzilga yetguninggacha bitta narsaga yopishib ol.
1991 yil 7 iyun kuni yer 112 daqiqa davomida silkinib turdi. Ha, chindan shunaqa bo‘lgani yo‘q, lekin xuddi shunday tuyuldi.
Josh Billinge Men "Shaharlik takasaltanglar" deb nomlangan mashhur komediyani tomosha qilayotgandim, tomoshabinlarning kulgisi kinoteatrni larzaga solayotgandi. Barcha zamonlarning eng kulgili filmlaridan biri sifatida eʼtirof etilgan ushbu kinokartina kutilmagan donishmandlik va teran fikrlarni o‘z ichiga olgani bilan ham ahamiyatli. Eng esda qolarli sahnalardan birida marhum aktyor Jek Pelens jonlantirgan qaysar kovboy Kyorli va Billi Kristal ijrosidagi shaharlik Mitch yo‘qolgan qoramollarni izlash uchun guruhdan ajralib chikadi. Garchi film davomida ularning ko‘p bor tortishib kolganini ko‘rish mumkin bo‘lsa-da, ushbu safar mobaynida bo‘lib o‘tgan hayot haqidagi suhbat ularni yaqinlashtiradi.

