• Nomi : G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
• Muallifi : Erich Maria Remarque
• Janri : Urush romani, klassik adabiyot
• Muqovasi : Qattiq muqova
• Varaq soni : 280–320 (taxminiy)
“G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” romani Birinchi jahon urushining eng dahshatli lavhalarini bevosita askar ko‘zi orqali yoritadi. Pol Boymer va uning tengdoshlari maktab davrida ularga singdirilgan shon-shuhrat va vatanparvarlik ishonchi bilan frontga yo‘l olishadi. Biroq urushning haqiqiy manzarasi — o‘lim, qo‘rquv, portlashlar, ochlik, sovuq va ruhiy iztiroblar — ularni bir zumda o‘zgartiradi. Polning ruhiy qulash jarayoni, do‘stlarining birin-ketin halok bo‘lishi, hayotning beqadr bo‘lib qolishi romanning asosiy chizig‘idir. Remarque urushni hech qanday oqlash mumkin emasligini, uning ma’nasizligini va insoniyat uchun qaytmas fojia ekanligini juda chuqur tasvirlaydi. Bu roman tinchlikning qadrini anglatadi, urushning esa insonni ichidan yemiradigan balo ekanini ko‘rsatadi. “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” — adabiyotdagi eng kuchli antivoen asarlardan biri bo‘lib, o‘quvchi ongida o‘chmas iz qoldiradi.

