• Yangi asr avlodi: 2016
• Muqovasi: qattiq
• Betlari: 240
• Dunyo bestselleri suratga olingan
Germaniya imperiyasi, 1917 yil. Vatanparvarlik hissi bilan to‘lgan 19 yoshli Pol Baumer va uning sinfdoshlari ko‘ngilli ravishda frontga jo‘nab, u yerda birinchi jahon urushi dahshatlarini boshdan kechiradilar.
«G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q» filmi okopdagi janglardan boshlanadi. Yangi safarbar qilingan askar okopdan chiqib, hujum qilish uchun yuguradi va o‘q ovozi eshitiladi — u birinchi o‘qdayoq halok bo‘ladi. Bu Rossiyadagi safarbar qilinganlarning Svatovo yaqinidagi halokatini eslatadi.
Fokus halok bo‘lgan askarga emas, uning harbiy formasiga qaratiladi. Askarlar umumiy qabristonga dafn etiladi. Formalar esa yechib olib, front ortiga jo‘natishadi. U yerda esa tozalanib, yangi safarbar qilinganlarga tarqatiladi. Bu yerda o‘sha harbiy kiyimni maktabni endigina bitirgan, biroq allaqachon propaganda qurboniga aylangan Paulo Boymer oladi. U bilan jang qilish ishtiyoqida yonayotgan yana uch do‘sti ham frontga otlanadi.
Kitobning birinchi qismini o’qiganimda sarguzasht asardak tuyuldi. Hattoki, bir o’tirishda tugatish ham mumkin degan hayolga bordim. Maktabni yaqinda bitirib urushga jo’natilgan bolalarning front yaqinidagi sho’xliklari zavqli, qiziq, tez mutolaadan darak berardi.
Lekin urush sahnalari boshlanganidan keyin xato qilganimni tushundim. Urush daxshatlari, yaralanish, o’lim, tirik qolish umidi… Bular shu qadar mahorat bilan tasvirlanganki, beixtiyor urushga, okop ichiga tushib qolasiz. O’zimdan 5-6 yosh kichik bolalarning snaryadlar, o’qlar yomg’iri ostida qolishini, yarador bo’lib, azoblanib jon berishini jimgina kuzatib turish juda og’ir. Urush sahnalarini o’qish og’ir, bir o’tirishda bir necha betdan ko’proq o’qiy olmadim. Keyin bu daxshatli muhitdan chalg’ish kerak bo’lardi.
Kitob urush boshlagan davlat ya’ni Germaniya askarining tilidan hikoya qilinadi. Bunda Germaniya boshladi deganda hukumat tepasida o’tirgan va hech qachon qo’lida qurol ko’tarib, okopda yotmaydigan amaldorlar boshlaganini tushunamiz. Qo’lida qurol bilan har kuni o’lim bilan yuzlashayotgan bu bolalarning bunda mutlaqo aybi yo’q. Urush boshlashdan oldin ulardan so’rab o’tirishmadi va urushga yuborishdan oldin ham. Ular nima uchun urush boshlanganiyu, nima uchun urushayotganlaridan, umuman bu urushning nima keragi borligidan bexabar.

