Gapiruvchi kitob nima: bu oddiy kitob emas, ovoz chiqaradigan o'quv o'yinchog'i. Bola sahifadagi rasmga tegadi, kitob esa uning nomini o'zbek va ingliz tilida talaffuz qiladi. Shu tarzda bola ikki tilni bir vaqtda, o'ynab o'rganadi.
21 ta mavzu: hayvonlar, mevalar, sabzavotlar, transport, ranglar, raqamlar, harflar, kasblar va boshqa kundalik so'zlar.
Yozib-o'chiriladigan sahifalar: to'plamdagi markerlar bilan bola harf va raqamlarni yozishni mashq qiladi, xato qilsa o'chirib, qaytadan yozadi. Kitobning orqa tomonida rasm chizish uchun maxsus taxtacha bor.
Quvvat: USB kabel orqali quvvatlanadi, batareyka sotib olish shart emas.
Nimaga foydali: nutqni, talaffuzni, so'z boyligini va diqqatni rivojlantiradi; qo'l bilan yozish orqali mayda motorika ham mashq qilinadi. Bolaga sovg'a uchun ham yaxshi tanlov.

