Ganymede — oddiy hidlardan farq qilishni, o‘ziga xoslik va nafislikni qadrlaydigan insonlar uchun yaratilgan betakror atir.
Ushbu atirning dastlabki sepilishida mandarinning yorqin va tetiklantiruvchi ifori seziladi. Za'faronning nafis ziravorli ohangi kompozitsiyaga o‘ziga xos xarakter bag‘ishlaydi. Binafsha guli va osmantusning mayin ifori esa hidga noziklik va joziba qo‘shadi.
Yakunida mineral, charm va yog‘ochsimon notalar uyg‘unlashib, atirga zamonaviy, chuqur va esda qolarli xarakter beradi.
NIMA UCHUN GANYMEDE?

