Nega inson ba’zan ko‘z oldida mavjud bo‘lmagan odamlarni ko‘radi, hech kim aytmagan ovozlarni eshitadi yoki aslida yo‘q narsalarni his qiladi? Mashhur nevrolog Oliver Saks ushbu kitobda gallyutsinatsiyalar hodisasini o‘rganib, inson miyasi va ongining hali to‘liq anglab yetilmagan sirlarini ochib beradi. Muallif bunday holatlar faqat ruhiy kasalliklar bilan bog‘liq emasligini, ular turli nevrologik va fiziologik sabablar tufayli ham yuzaga kelishi mumkinligini tushuntiradi.
Kitobda ko‘rish, eshitish, hid bilish va teginish bilan bog‘liq gallyutsinatsiyalar, shuningdek, uyqu, migren, epilepsiya va ayrim kasalliklar ta’sirida paydo bo‘ladigan noodatiy sezgilar haqida hikoya qilinadi. Muallif o‘z amaliyotida uchratgan bemorlarning hayotiy hikoyalari orqali miya faoliyatidagi o‘zgarishlar insonning voqelikni qabul qilishiga qanday ta’sir qilishini ko‘rsatadi.
Oliver Saks ilmiy ma’lumotlarni murakkab atamalarsiz, tushunarli va qiziqarli tarzda bayon qiladi. Kitob o‘quvchini inson xotirasi, tasavvuri, idroki va ongining imkoniyatlari haqida chuqurroq o‘ylashga undaydi. Ba’zan biz ko‘rayotgan va eshitayotgan narsalar haqiqatan ham mavjudmi yoki miyamiz bizga o‘ziga xos voqelikni namoyish etyaptimi?

