• ISBN 978-9943-8266-6-3 - 320 bet - Kiril alifbosi - Muallif: Murod Muhammad Do'st - Galatepaga qaytish - Qissalar
• Ushbu asar Factor books nashriyotining IKAR kitobxonlik tanlovi asosida tayyorlangan asarlar bo'lib, 2023 yilda ushbu tanlov asosida KITOBXONLAR o'rtasida tanlov o'tkazilib NEXIA 3 avtomobili g'olibi aniqlangan edi
• Murod Muhammad Do‘st bir suhbatida «Biz qo‘yday yuvosh qilib tasvirlagan xalq aslida asov va chapani. U o‘z so‘zini baribir aytadi», degan edi. Muallifning ushbu qissalari millatdoshlarga muborak bo‘lsin!
Faqat sevgan odamgina koyish huquqiga ega, degan edi Turgenev. Unday bo‘lsa, iste’dodli yozuvchining iztirobli kinoya, kuyinish va istehzolarini millat sevgisiga, insonga muhabbatiga yo‘yish mumkindir? Yuzga oyna tutgan kishidan mamnun bo‘lish kerak. Millat xarakterini, insoniylik mezonlarini ko‘zguga solgan adibdan esa chandon minnatdor bo‘lmoq lozim.



