Yozning qiziq kunlari. Egnimda yelvagaygina, ko‘ksi ochiq, yoqasiga pilta otgan surp yaktak. Boshimda chust do‘ppi, belimda shohi qiyiq, oyog‘imda nimposhna xrom etik. Uzun, tor bog‘ko‘chalarning birida ketmoqdaman. Zeriktiruvchi tuprog‘li ko‘cha jimjit.

