Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori, "Yolg‘izlikning yuz yili" va "Vabo davridagi muhabbat" bestsellerlari muallifi Gabriel Garsia Markes bir necha yil davomida yozuvchi bolaligi o‘tgan hudud — Magdalena daryosi atrofida voqealar sodir bo‘ladigan kitob yozishni xohlagan.
Bir kuni u do‘sti, yozuvchi Alvaro Mutisning Simon Bolivar umrining so‘nggi oylariga bag‘ishlangan tugallanmagan qo‘lyozmasi — "So‘nggi sayohat"ni o‘qidi. Mutis qo‘lyozmani tugatmoqchi bo‘lmagani uchun Markes undan kitob g‘oyasini olishga ruxsat so‘radi.
Roman ustida ishlashga kirishgandan so‘ng, Markes ikki yil davomida material to‘plash va tarixiy hujjatlarni, jumladan, Bolivarning xatlarini, o‘sha davrdagi gazeta qirqimlarini va Buyuk Xaloskorning adyutanti Daniel Florensio O‘Lirining o‘n yetti jildlik xotiralarini o‘rganishga sarfladi.

