• Gabriel Garsia Markes: Mash’um zamon
Ulug‘ adibning hazil va keskin ijtimoiy tanqidga boy ushbu romanida jamiyatdagi shubha, sir, korrupsiya, ikkiyuzlamachilik va jinoyatlar yiringlab yoriladigan mash’um zamon tasvirlanadi. Odamlardagi loqaydlik yangi fojialarni keltirib chikaraverishi mahorat bilan ko‘rsatib beriladi.
Gabriel Garsia Markes 1927 yil 6 mart kuni Kolumbiyaning Arakataka shaharchasida tug‘ilgan. Bolaligida bobosi va momosidan xalk ogzaki ijodiga boy hikoyalarni eshitib ulgaygan. Bu uning ijodiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Keyinroq jurnalistika bilan shug‘ullangan va siyosiy faolligi sababli bir necha bor mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo‘lgan.
Markes o‘z ijodida Lotin Amerikasining tarixiy va madaniy xususiyatlarini aks ettirib, haqiqat vafantaziyani mahorat bilan qorishtirib yuborgan. 1982 yili Markes adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uning asarlari ko‘plab tillarga tarjima qilingan va hanuzgacha jahon adabiyotining durdonalari sifatida baholanadi. Adib 2014 yil 17 aprelda vafot etgan.

