• Nomi: Oq tunlar. Mayin jonzot. Kulgi aralash tush
• Muallif: Fyodor Dostoyevskiy
• Janri: Klassik adabiyot, falsafa, psixologik proza
• Yosh chegarasi: 16+
• Muqova: Yumshoq
• Sahifalar soni:209
Ushbu to‘plam Dostoyevskiyning turli mavzular va ruhiy kechinmalarni birlashtiruvchi noyob asarlaridan iborat. “Oq tunlar”da yozuvchi insonning yolg‘izligi va orzularini yorqin tasvirlaydi. “Mayin jonzot” asarida muhabbatning fojeali oqibatlari chuqur psixologik tahlil qilinadi. “Kulgi aralash tush” esa insoniyatning yo‘nalishi, ma’naviy qadriyatlar va hayotning mohiyatini falsafiy yondashuv orqali ochib beradi. Kitob o‘quvchini fikrlashga, hayot va insoniy munosabatlar haqida o‘ylashga undaydi. Klassik adabiyot ixlosmandlari uchun o‘qish jarayoni zavqli va mazmunli bo‘ladi.

