FUMIGEL — santexnika uchun mo‘ljallangan professional tozalash geli bo‘lib, kuchli tozalash, dezinfeksiya qilish va Oqartirish xususiyatiga ega. Oqartirish va dezinfeksiya qilish bilan birga ohak qoldiqlari, zang, sovun izlari, qotib qolgan kirlar hamda yoqimsiz hidlarni samarali bartaraf etadi.
Qalin gel formulasi tufayli vosita vertikal yuzalarga yaxshi yopishadi, oqib ketmaydi va iflosliklarga uzoqroq ta'sir ko‘rsatadi. Tarkibidagi faol xlor bakteriyalar, viruslar, mog‘or, zamburug‘ va ularning sporalarini yo‘q qilishga yordam beradi.
Mahsulot foydalanishga tayyor bo‘lib, kundalik tozalash ishlari uchun juda qulay.
✅ Oqartiradi va dezinfeksiya qiladi
✅ Ohak qoldiqlari va zangni samarali tozalaydi
✅ Bakteriya, virus, mog‘or va zamburug‘larga qarshi kurashadi
✅ Yoqimsiz hidlarni yo‘qotadi
✅ Qalin gel formulasi sabab yuzadan oqib ketmaydi
✅ Kuchli kirlarni tezda eritadi
✅ Kundalik foydalanish uchun mos
Mahsulotni ifloslangan yuzaga surtib, ifloslik darajasiga qarab 5–15 daqiqa qoldiring. So‘ng gubka yoki cho‘tka bilan artib, ko‘p miqdorda suv bilan yaxshilab yuvib tashlang.

