Yomon o‘rmonda dahshatli to‘s-to‘polon: kimdir ko‘rsichqon Shishuga hujum qilib, bebaho xazinani o‘g‘irlab ketibdi. Tergov byurosida shubhali sportchi Tushan paydo bo‘ldi. Bobor Bobrovich sevimli mashinasini topa olmayapti. Tinchimas Quyon esa tinmay nimanidir iskab yuribdi.
Bu voqealar zamirida nima yashiringan va sirli xazina qayerda? Dunyodagi eng yaxshi izquvarlar mushuk-mushuk va it Fu-Fu tergovni boshlaydilar.

