Fridrix Nitsshe - nemis faylasufi, madaniyat tanqidchisi va filolog. Uning asarlari zamonaviy falsafaning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Nitsshening falsafiy qarashlari «haqiqat» tushunchasini perspektivizm foydasiga radikal tanqid qilish, din va xristian axloqini genealogik jihatdan tanqid qilishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, u hokimiyatga intilish g‘oyasi konsepsiyasini ishlab chiqqan.
Ushbu to‘plamga Nitsshening eng mashhur asarlari kiritilgan bo‘lib, ularda faylasuf o‘ta inson g‘oyasini rivojlantiradi, falsafa, san’at, fan va axloqni tanqid qiladi.

