Zamonaviy dizayndagi frenc-press choy, kofe va giyohlarni mukammal damlash uchun moʻljallangan. Issiqqa chidamli shaffof kolba, yogʻoch tutqich hamda nozik metall filtr bilan jihozlangan.
Toʻliq tavsif: Siz xushboʻy choy va kofe shinavandasimisiz? Ushbu zamonaviy French-press oshxonangizning haqiqiy koʻrkiga aylanadi va sevimli ichimliklaringizni oson va maza qilib damlashga yordam beradi!
- Sifatli va xavfsiz materiallar: Kolba yuqori haroratga chidamli borosilikat oynadan tayyorlangan boʻlib, issiq va sovuq harorat oʻzgarishlaridan qorqmaydi.
- Ekologik yogʻoch dizayn: Qopqoq va tutqich (ruchka) tabiiy yogʻochdan ishlangan. U qoʻlingizni kuydirmaydi hamda oshxonangizga shinamlik bagʻishlaydi.
- Zanglamas metall filtr: Zanglamaydigan poʻlatdan yasalgan porshen va filtr choy barglari hamda kofe kukunini toʻliq ushlab qoladi va tayyor ichimlikning toza chiqishini ta'minlaydi.
- Qulay buruncha: Maxsus tomchilatmaydigan burunchasi (nosik) ichimlikni stol ustiga tomizmasdan stakanga ravon quyish imkonini beradi.
- Koʻp funksionallik: Nafaqat qora, koʻk yoki mevali choylarni, balki kofe damlash va hatto cappuchino uchun sutni koʻpirtirishda ham ishlatish mumkin.