IFOR TAVSIFI
French Avenue Royal Blend Nero — erkaklar ham, ayollar ham sepa oladigan boy va iliq arab atiri. Ochilganda bergamotning yangiligi, muskat yong’og’i, olma va xurmoning shirinligi keladi. Keyin darchin, za’faron va quruq yog’och ifor yuragiga ziravorli, yumshoq chuqurlik beradi. Oxirida vanil, benzoin, tonka va mushk shirin, qaymoqli, uzoq turadigan iz qoldiradi.
Bu — sovuq kunlarning atiri. U shirin, ziravorli va “o’rab oladigan” hid, bayramona kayfiyat va kechki chiqishlar uchun juda mos. Kuchli bo’lgani uchun odamlar sizni sezadi.
IFOR PIRAMIDASI
Yuqori notalar: bergamot, muskat yong’og’i, xurmo, olma
O’rta notalar: darchin, za’faron, quruq yog’och
Asosiy notalar: vanil, benzoin, tonka, mushk
XUSUSIYATLARI VA TAVSIYALAR
Konsentratsiya: Extrait de Parfum — yuqori kontsentratsiyali, kuchli va uzoq davomli hid
Hajmi: 100 ml
Ishlab chiqarilgan joyi: BAA (Birlashgan Arab Amirliklari)
Hid turi: sharqona, ziravorli, vanilli, shirin
Chidamlilik: chidamli atir, hid terida va kiyimda uzoq davom etadi
Mavsum: kuz, qish
Qachon sepiladi: kechki chiqishlar, uchrashuvlar, bayramlar va sovuq kunlar uchun
Tavsiya: Extrait kuchli bo’lgani uchun 1–2 marta sepish yetarli
NIMA UCHUN SIZ FRENCH AVENUE ROYAL BLEND NERO NI TANLASHINGIZ KERAK?
✔ Erkaklar va ayollar uchun mos original arab atiri
✔ Extrait de Parfum — odatdagi atirlarga qaraganda boyroq va kuchliroq
✔ Chidamli atir: hid kun bo’yi teringizda saqlanadi
✔ Darchin, za’faron va vanilning iliq, shirin uyg’unligi
✔ Kuz va qish uchun ayniqsa yarashadigan sharqona parfyum
✔ O’zingiz uchun ham, yaqiningizga sovga sifatida ham ajoyib tanlov
Atirdagi notalar nima degani?
Atir sepilganda uning hidi bir xil qolmaydi, vaqt o’tishi bilan bosqichma-bosqich ochiladi:
Yuqori notalar — bu atirning birinchi «salomi», uni sepgan zahoti sezasiz.
O’rta notalar — iforning «yuragi», u 20 daqiqadan keyin ochilib, asosiy yoqimli hidni beradi.
Asosiy notalar — eng chidamli qism bo’lib, aynan shu hid uzoq vaqt teringizda saqlanib qoladi.
📌 Maslahat: Iforni to’liq his qilish uchun uni sepib, biroz vaqt kutish tavsiya etiladi.

