Bu fransuzcha-o‘zbekcha lug‘at Fransiyaning Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti (IFEAC) va Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining madaniy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘limi ishtirokida yaratilgan. Qayta ishlangan ikkinchi nashr o‘zbek tilini o‘rganayotgan fransuzzabonlar uchun ham, fransuz tilini o‘rganmoqchi bo‘lgan o‘zbek kitobxonlari uchun ham mo‘ljallangan. Lug‘at 28 000 ga yaqin so‘zni o‘z ichiga oladi va fransuz leksikasining katta qatlamini qamrab oladi.

