Ushbu roman fransuz dramaturgi va romannavis Fransuaza Saganning adabiyotdagi ilk katta janrdagi urinishi edi. U nashr etilgan yilning o'zidayoq qator sovrinlarga loyiq ko'rildi va keyinchalik ushbu asar asosida ko'plab filmlar ishlandi.
Yozuvchining ushbu romani syujetining o'tkirligi, dramatizmga boyligi, ruhiy-psixologik teranligi bilan boshqa asarlaridan ajralib turadi. Muallif ayol va erkakning ichki dunyosini, o'y-kechinmalarini haqqoniy tasvirlaydi. Mutolaadan so'ng inson ruhiy, olami haqidagi tasavvurlaringiz yanada kengayishiga aminmiz.

