"Jarayon" romani bilan tanish Frans Kafkaning hikoyalar to‘plami eʼtiboringizga havola etilmoqda. Yozuvchining “Labirint” hikoyasi "Kavak" nomi bilan chop yetilgan. Unda yerosti kavagida o‘zini dushmanlardan muhofaza qilishga urinayotgan qaysidir jonzotning kurashi tasvirlangan.
Shuningdek, to‘plamdan joy olgan "Qishloq o‘qituvchisi", "Ochlik ustasi", "Kichkina ayol" kabi hikoyalar ham o‘quvchini yozuvchining ichki dunyosiga yetaklashi tayin. Kafkaning hikoyasini o‘qish oson emas. Shu bois ularni qayta-qayta o‘qib, mushohada etish zarur.
Kitob keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.

