She'r - ko'ngilning hassos tasviri. Qo'lingizda turgan mo'jaz she'riy majmua muallifi o'zining teran fikr, ajoyib taassurot va ayrim mulohazalarini betakror satrlarda she'rga soladi.
Aziz kitobxon! Siz tomoningizdan o'qilajak bu kitobda aziz yurt, mehribon ota-ona, muqaddas ayolga bag'ishlovlar o'rin olgan, tinchlik va muhabbat, mehr va sadoqat kabi insoniy fazilatlar o'z tarannumini topgan.
Shu kungacha kitobxonlar uchun "Maktub" va "Ko'klam kuyi" kabi nasriy asarlari orqali ajoyib nosir sifatida tanilgan muallifning nazmiy "debyut"i, o'ylaymizki, sizlarga manzur bo'ladi.

