Josim al-Umron: «Fotimaning bolasi»
«Fotimaning bolasi» — bolaning nozik ruhiy dunyosi, oiladagi munosabatlar va tarbiyada mehrning o‘rni haqida hikoya qiluvchi ta’sirchan ijtimoiy-psixologik roman.
Yusuf boshqalardan sekinroq o‘rganadi va o‘z hislarini so‘z bilan ifodalashga qiynaladi. Ammo uning qalbida katta iste’dod yashirin: u ayta olmagan kechinmalarini suratlar orqali ifodalaydi. Uni tushunish o‘rniga qo‘llangan bosim va qattiqqo‘llik bolaning ruhiyatida chuqur iz qoldiradi.
Asar ota-onalarni farzandini tinglashga, uning qobiliyatini ko‘ra bilishga va mehr bilan qo‘llab-quvvatlashga undaydi. Roman oila, tarbiya va bolaning qadri haqida chuqur o‘ylashga chorlaydi.



