"Fotimaning farzandi" — ona mehri, oilaviy qadriyatlar va farzand tarbiyasiga bag‘ishlangan chuqur ma’naviy mazmundagi asardir. Kitobda onalikning ulug‘vorligi, farzandning ota-ona oldidagi mas’uliyati, insonning hayot sinovlari oldidagi irodasi va e’tiqodi ta’kidlangan. Asar voqealari ta’sirchan syujet va real qahramonlar orqali o‘quvchini mehr-oqibat, sabr-toqat va insoniylik haqida chuqur o‘ylashga undaydi. Muallif har bir insonning taqdiri oilada, ota-onada shakllanadi, deb hisoblaydi.

