🥧 Ajraladigan taglikli pishiriq qolipi
Pirog, tort, pizza, keks va turli xil pishiriqlar tayyorlash uchun mo‘ljallangan dumaloq metall qolip. Keramik qoplamali, yopishmaydigan yuzasi pishiriqning qolipga yopishib qolishidan saqlaydi. Ajraladigan tagligi esa tayyor pishiriqni qolipdan oson chiqarish va chiroyli tortiq qilish imkonini beradi.
✨ Mahsulot xususiyatlari
• 📏 Diametrlari: 10, 12, 14, 18, 20, 22, 26, 28, 30 va 32 sm.
• 📐 Bort balandligi: o‘lchamiga qarab 10 va 12 diametrli qoliplarda - 2 sm
• 14 diametrli qolipda - 2.5 sm
• Qolgan qoliplar esa – 3 sm.
• ⚫ Rangi: qora.
• 🧱 Materiali: keramik qoplamali, yopishmaydigan metall qolip.
• 🔄 Ajraladigan taglik: tayyor pishiriqni qolipdan oson chiqarish imkonini beradi.
• 🥧 Qovurg‘ali yon devorlari: pishiriq chetlariga chiroyli shakl berishga yordam beradi.
• 🌡️ Pechda foydalanish: 220–250°C gacha bo‘lgan haroratda ishlatish mumkin.
🍰 Qanday pishiriqlar uchun mos?
Ushbu qolipdan turli xil taom va pishiriqlar tayyorlashda foydalanish mumkin:
• Turli xildagi Piroglar
• Keks va Biskvitlar
• Pizza
• Go‘sht, baliq va sabzavotli pishiriqlar
👌 Qulay foydalanish
Ajraladigan taglik tayyor pishiriqni ag‘darib olish zaruratini kamaytiradi. Qolipning yon devorlari olinadigan taglik bilan birgalikda ishlaydi, shu sababli pishiriqni shaklini buzmasdan chiqarish va bevosita tagligida tortiq qilish qulay.
🧽 Foydalanish va parvarish
• Qolipni ishlatishdan oldin yuvib, quriting.
• Suyuq xamir uchun tavsiya etilmaydi, chunki taglik qismi to‘liq germetik yopiaydi, suyuq xamir oqip tushadi.
• Mikroto‘lqinli pechda ishlatmang.
• Idish yuvish mashinasida yuvish tavsiya etilmaydi.
• Tozalashda yumshoq gubka vositasidan foydalaning.
Oshxonangiz uchun amaliy tanlov! O‘zingizga kerakli diametrni tanlab, turli xil shirin va sho‘r pishiriqlar tayyorlang.

